30 DAQIQALIK TAOM

Bu taom juda oson va tez tayyor bo‘ladi. O‘zingiz tayyorlab ko‘ring va mazasiga baho bering.

Zarur masalliqlar: spagetti (vermishel), 100 gr. tovuq go‘shti (lahm qismi), 1 dona piyoz, 1 ta bulg‘or qalampiri, 2 dona sarimsoqpiyoz, tuz, murch, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 osh qoshiq sous.

Tayyorlanishi: Vermishel uchga bo‘linib, qaynab turgan tuzli suvda pishirib olinadi. Piyoz to‘rtburchak, tovuq go‘shti va bulg‘or qalampiri somoncha shaklda, sarimsoqpiyoz esa mayda qilib to‘g‘raladi. Tovaga yog‘ solinib, piyoz ozgina baland olovda qovuriladi. So‘ngra tovuq go‘shti va bulg‘or qalampirini qo‘shib o‘rtacha olovda qovurishda davom etamiz. Masalliqlar bir xilda qovurilgach, ozgina suv quyilib 15 daqiqaga dimlab qo‘yiladi. Tayyor vermishel suvdan olinib, qovurilgan masalliqlar bilan aralshtiriladi va bir osh qoshiq sous qo‘shilib yana besh daqiqaga dimlanadi.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  DUNYOGA TARALGAN DUTOR SADOSI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: