Surunkali tumov va tamaki o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bor

Tamaki chekish inson hayotida sezilarli ta’sirini qoldiradi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, hatto bu zararli odatni tashlagandan keyin ham, ancha vaqtgacha surunkali tumovdan (burun shilliq qavatining yallig‘lanishi) aziyat chekish mumkin. Massachusets tadqiqotchilari bu kasallikka yo‘liqqan 206 nafar odamning tibbiy hujjatlarini tahlil qilishdi.

Tekshiruvdan so‘ng, zararli odatni tashlamoqchi bo‘lgan chekuvchilarda, kasallikdan qutulish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi. Lekin bu asta-sekin amalga oshadi. Chekishni tashlagandan so‘ng, 10 yil o‘tib kasallik alomatlari butunlay yo‘qoladi.

Surunkali tumovga yo‘lliqqan kishilarda yuz shishadi, nafas olish va uyqu bilan bog‘liq muammolar, burun sohasida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Agar chekuvchilar odatini to‘xtatsa, ularning ahvoli yildan-yilga yaxshilanib boradi, o‘n yildan so‘ng kasallik alomatlari umuman qolmaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Miya saratonini davolovchi virus topildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: