Parkinson kasalligining rivojlanishiga nimalar sabab bo‘ladi?

Parkinson – muskullar tangligi va qaltirash bilan namoyon bo‘luvchi, bosh miyaning zararlanishiga bog‘liq kasallik. Uning qanday paydo bo‘lishi haqida haligacha yetarli ma’lumotlar aniqlanmagan.

Norvegiyada o‘tkazilgan tadqiqot bu xastalikning rivojlanishida miya hujayralarini energiya bilan ta’minlash jarayoni katta ahamiyatga egaligini ko‘rsatdi. Yangi ma’lumotlar olimlarga muolaja usullarini izlab topishda yordam beradi.

Miya hujayralarining yadrosida “mitti elektrostansiyalar” – mitoxondriya bor. Ular miyaning Parkinson kasalligi bilan bog‘liq hududida energiya ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deb ta’kidlaydi tadqiqotchilar. Nevrolog Xarlampos Soulisning so‘zlariga qaraganda, bu holatga qarish jarayonidagi genetik materiallarning zararlanishi sabab bo‘ladi. Sog‘lom odamlarda bu funksiyaning yo‘qolishi mitoxondriyada DNK soni ortishi bilan tiklanadi. Lekin Parkinson kasalligiga yo‘liqqan bemorlarda bu mexanizm ishlamaydi, oqibatda ularning miyasi qarish ta’siriga yanada moslashib boradi.

Tadqiqotda olimlar sog‘lom va bemor ishtirokchilarning hujayralarini solishtirib ko‘rdi. Tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida e’lon qilindi. Qarish bilan bog‘liq zararlanishdan miyani himoya qiluvchi asosiy biologik mexanizmni aniqladik, deb hisoblaydi Xarlampos Soulis. Mutaxassislar ushbu kashfiyot kelajakda davolash yo‘llarini topishda katta yordam berishidan umid qilyapti. Neyronlar faoliyatining buzilishi ko‘proq 55 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi. Dunyo bo‘yicha bu kasallikdan taxminan o‘n milyonga yaqin inson aziyat chekadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  GO‘DAKNING terisi “so‘zlaganda”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: