Malinaning foydali xususiyatlari ko‘p

Malina tarkibida o‘zgacha ifor taratishga xizmat qiluvchi 200 ga yaqin molekula bor. Shulardan biri – malina ketoni sovun, sham, konfet kabi mahsulotlarga yoqimli hid taratishi uchun qo‘shiladi. Shuningdek, ko‘pgina tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, keton vaznni kamaytirish xususiyatiga ham ega.

2005 yili sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar keton jigar kattalashuvi va organizmda yog‘ qatlami shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmasligini tasdiqlagan edi. Boshqa tadqiqotchilar bu modda yog‘ xujayralaridagi molekulalar parchalanishini kuchaytiradi, deb xabar bergandi. Olimlar 2010 yilga kelib keton yog‘ hujayralari faoliyatini kuchaytirishini aniqladi.

O‘tgan yili ham sichqonlarda sinov-tajriba olib borilgandi. Jonivorlarni ovqatlantirish barobarida ellagina kislotasi (malina tarkibidagi yana bir modda) berib borilgan. Sinovdan so‘ng, keton jigardagi organizm holatini yaxshilovchi genlar ta’sirchanligini o‘zgartirishi ma’lum bo‘lgan.

Lekin Daniyada o‘tkazilgan bu yilgi tadqiqot keton aslida yog‘ ajralishini kamaytira olmasligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga uning yangi xususiyati – terini yoshartirishi aniqlandi. Bundan tashqari, malina ketoni shakar va qon ketish xavfi darajasini kamaytiradi. Lekin u boshqa faol moddalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, shuning uchun uni dori-darmon vositalari bilan birga ichmaslik tavsiya etiladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ona-bola salomatligi muammolari: sabab nimada?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: