Irsiyatning intellektga ta’siri

O‘quvchilarning maktabni bitirish imtihonlaridagi baholariga qarab, tadqiqotchilar 60 foiz holatlarda irsiyat yetakchi o‘rinni egallaydi, degan xulosaga kelishdi.

Londondagi Qirollik kollejida olimlarning bir guruhi Buyuk Britaniyada 11 ming nafar monozigotali (bir tuxumdan rivojlangan) va geterozigotali (ikki tuxum hujayradan shakllangan) 16 yoshli egizaklarning maktabda o‘zlashtirishlarini o‘rganib chiqishdi. Tevarak-atrofning ham bu holatga turlicha ta’siri 36 foizni tashkil etdi. Matematika, ingliz tili, fizikadan bitirish imtihonlarining natijalari o‘rganib chiqilganda irsiy omillar yetakchi o‘rin tutdi. Sog‘lom irsiyat insonga tabiat tomonidan in’om etilgan bebaho tuhfa. Ayniqsa, matematika fanini o‘zlashtirishda genning ta’siri 58 foizni tashkil etar ekan.

Qirollik kollejining Psixiatriya institutida faoliyat yurituvchi, tadqiqot guruhi rahbari Nikolas Sheykshaftning aytishicha, talabalar o‘rtasidagi olib borilgan tadqiqotlar ham shuni ko‘rsatmoqda. Ta’lim jarayonidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari insoning qanday muhitda o‘sib, ulg‘ayganiga ham bog‘liq ekan. Bu yerda tarbiyadan ham ko‘proq tabiiy shart-sharoitlarning ta’siri xususida so‘z yuritilmoqda. Shuningdek, tadqiqotchilar ko‘pgina xalqlarning ham intellekti rivojlanishi ustida ish olib borishmoqda. Yana ekspertlar shuni ham ta’kidlashmoqdaki, agar tabiiy shart-sharoitlar va atrof-muhitning ta’siri ijobiy bo‘lsa, o‘zlashtirish jarayonida irsiy omillar ta’siri ham o‘zgarar ekan.

Chunki, ushbu ikki farqni o‘rganishda angliyalik 16 yoshli ikki guruh egizaklarda olib borilgan tadqiqotlar ham buni yaqqol isbotlab berdi. Bolalarning o‘zlashtirishida genetika (irsiyat) salmoqli o‘rin tutishini olimlar ta’kidlashmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatlari va u yoki bu sohaga qiziqishida irsiy moyillikni e’tiborga olish ham kelajakda o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarida ijobiy yutuqlarga erishishiga imkon yaratadi.

Kelgusida ta’lim strategiyasini hayotga tatbiq etishda irsiyatning o‘rni xususida yangi tadqiqotlar amalga oshirilsa ajab emas.

GULSHIRIN

Yana o‘qing:  O‘Z VAQTIDA QO‘YILGAN TASHXIS UMRNI UZAYTIRADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: