Global semizlik tahdidi

Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, hozirga kelib semizlik ochlikdan ko‘ra jiddiyroq muammoga aylangan. Ayni paytda dunyo aholisining qariyb 30 foizi yoki 2, 1 milliarddan ortig‘i ortiqcha vaznga ega yohud semizlikka chalingan.

Bu esa to‘yib ovqat yemaydiganlar sonidan deyarli 2, 5 baravar ko‘proqdir. Endilikda semizlik o‘lim holatlarining 5 foiziga sabab bo‘lmoqda. Semizlik sog‘liqni saqlash sohasining muammosi bo‘libgina qolmay, jahon iqtisodiyotiga tahdid hamdir. Ushbu muammo tobora chuqurlashib bormoqda. Agar hozirgi vaziyat saqlanib qolsa, dunyoda katta yoshdagi aholining yarmi ortiqcha vaznli yoki semizlikka chalingan bo‘ladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Margaret Chenning aytishicha, shu paytgacha birorta ham mamlakat semizlar sonini ortga qaytarishga muvaffaq bo‘lmadi. Hozirda semiz kishilarning 60 foizdan ortig‘i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashamoqda.

 

Fazilat SA’DULLAYEVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  GO‘ZALLIK – SALOMATLIK BILAN UYG‘UN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: