Tibbiy xizmatdan aholi mamnun

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazida ichki va asab kasalliklari, umurtqa pog‘onasi jarohati va patologiyasi funksional tashxis, fizioterapiya bo‘limlari mavjud bo‘lib, markazda respublikamizning turli hududlaridan kelgan katta yoshdagi va 16 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar oliy toifali mutaxasis shifokorlar nazoratida davolanib kelmoqda.

– Men revmatizm, mitral klapan yetishmasligi, bel-umurtqa churrasi, ko‘z miopiyasi kasalliklaridan aziyat chekardim. Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga murojaat etganimdan so‘ng meni  qiynab kelgan kasalliklardan tez orada xalos bo‘ldim. Markazda tibbiy tekshiruvlar o‘ta zamonaviyligi va ko‘ptarmoqliligi bilan boshqa shifoxonalardan farq qiladi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlardan biz bemorlar juda mamnunmiz, – deydi III guruh nogironi Shohida Qayumova.

Markazning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy, psixologik, ijtimoiy va kasb bo‘yicha reabilitatsya qilish, nogironlik masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berish va ularning jamiyatda to‘laqonli yashashlariga ko‘maklashishdir.

Orif JUMAYEV

Yana o‘qing:  Bolalar nega yolg‘on so‘zlaydi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: