ORZULAR QANOTIDA

Bugungi kunda biz yoshlarga yaratilgan shart-sharoit tufayli ko‘plab tengdoshlarim xorijiy davlatlarda ta’lim olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan aka-opalarimiz yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishmoqda. Ularni ko‘rib quvonasan kishi.

Kelajakda men ham xalqaro tillarni mukammal o‘rganib yurtim ravnaqiga o‘z hissamni qo‘shsam. Ana shu maqsadda xorijiy tillarni o‘rganishga astoydil kirishganman. O‘quvchining mukammmal bilim olishi, uning kamol topishi ko‘p jihatdan qalbi daryo, mehribon, o‘z kasbining fidoyilari bo‘lmish ustozlar mehnatiga bog‘liq. Bu borada ularning mas’uliyati yanada katta ahamiyatga ega. Zilola Achilova rahbarlik qilib kelayotgan “Dilbar servis” o‘quv markazida xorijiy tillardan saboq beruvchi ustozlar shunday fidoyi o‘qituvchilar sirasiga kiradi. Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan mazkur o‘quv markazi o‘z ish faoliyatini ancha yillardan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘quv dargohi o‘zining ozodaligi va shinamligi bilan alohida ajralib turadi. Sinf xonalarining har biri nafis gulli, bejirim darpardalar bilan bezatilgan. O‘quv markazi rahbari Zilolaxonning tinib tinchimasligi bejizga emas. Axir katta bir jamoaga rahbar bo‘lish, ayniqsa, ayoldan fidoyilik, epchillik, o‘z vaqtida quvnoqligu sergaklikni talab etadi. O‘quv dargohida darslarning zamona­viy pedogogik texnologiyalar asosida o‘tilishi, ustozlarning ma­ho­rati tufayli ko‘plab o‘quvchilar salmoqli yutuqlarga erishmoqda. Mazkur o‘quv markazida yosh qizlarga turli xorijiy tillardan tashqari yevropa va milliy taomlar tayyorlash sirlarini, bichish-tikish, to‘qish kabi hunarlarni o‘rgatib kelishadi. Ayniqsa, ustozlarning qunt bilan saboq berishlarini alohida e’tirof etsak arziydi. Ko‘p yillardan buyon xorijiy tillardan saboq berib kelayotgan tajribali pedagog Mavluda opa Achilovaning dars o‘tish uslubi oson va tushunarliligi bilan ahamiyatlidir.

Yurtning ertangi kelajagi bo‘lgan biz yoshlarning kasb-korli bo‘lish, bir ishni boshidan tutish, chuqur ilm egallash, shuning­dek, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishimiz yuqori. Davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoit negizida ham yosh avlodni kelajakda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, vatanparvarilik ruhida kamol toptirib, yurt xizmatiga kamarbasta yoshlar etib voyaga yetkazishdek ezgu maqsad mujassam.

Munisa RAZZOQOVA,

Sergeli tumani 305-umumta’lim maktabining o‘quvchisi

Yana o‘qing:  TADBIRI BORGA IMTIYOZ HAM, ShAROIT HAM BOR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: