O‘rik guli

Ko‘rpachada o‘tirib,

O‘tirgandek bo‘lmadim.

Uy to‘rida soxta gul,

Boqib ko‘nglim to‘lmadi.

Boqqa kirdim, gulbahor,

O‘rik shoxi shod boqar.

Xandon otar g‘unchalar,

Goh shabboda nay chalar.

Bolarilar parvona,

Gullaring, deb, mardona.

Xursand bo‘lib, hol so‘rar,

Gul kosada bol so‘rar.

Quyosh nuri orasta,

O‘rik guli guldasta.

Dilga sig‘mas hayajon,

Bari sizga ayajon.

Vali AHMADJON

Yana o‘qing:  ChIROYLI YOZUV VA IMLODAGI XATO HAQIDA XABAR BERUVCHI RUCHKA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: