Murojaat qilgan fuqaroning ko‘zi ojiz yoki o‘zi kar-soqov bo‘lsa, qanday yo‘l tutiladi?

Shartnoma yoki bitimni notarial tartibda tasdiqlashni so‘rab murojaat qilgan fuqaroning ko‘zi ojiz yoki o‘zi kar-soqov bo‘lsa, qanday yo‘l tutiladi?

Bibisora NAMOZOVA, Toshkent shahri

“Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning 14-bandida qayd etilishicha, agar notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, ko‘zi ojiz bo‘lsa yoki ko‘zi yaxshi ko‘rmasa, shuningdek, kasalligi tufayli bitim, ariza va boshqa hujjatlarni o‘qiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib o‘qib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.

Notarial harakatni amalga oshirishni so‘rab kar-soqovlik nuqsoni bo‘lgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz bo‘lsa, notarial harakatni amalga oshirish paytida u bilan muomala qila oladigan va bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmuni uning xohish-irodasiga muvofiq ekanini o‘z imzosi bilan tasdiqlovchi surdo tarjimon hozir bo‘lishi shart. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan savodli kar-soqov fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni so‘rab murojaat qilsa, bitim, ariza yoki boshqa hujjat uning o‘zi va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.

Muomala layoqatiga ega bo‘lgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli kar-soqov fuqaro o‘z imzosi bilan bitim, ariza yoki boshqa hujjatning mazmuni o‘zining xohish-irodasiga muvofiq ekanini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim, ariza yoki boshqa hujjatlar bilan birga tikib qo‘yiladi.

Agar notarius tegishli tillarni bilmasa, tarjimon hujjatni tarjima qiladi va notarius uning hujjatga qo‘ygan imzosining haqiqiyligini shahodatlaydi. Notarius, basharti tegishli tillarni bilsa, bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganini shahodatlaydi.

Tarjimon yoki surdo tarjimon hujjat tarjimasini noto‘g‘ri yoki yolg‘on tarjima qilgani uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida ko‘rsatiladi.

 

Savolga Shayxontohur tuman 7-davlat notarial idorasi notariusi

Iroda MUSTAFOYEVA javob berdi.

Yana o‘qing:  Ortda qolgan xavotir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: