Kulgingdadir hayotning aksi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda har ming chaqaloqning 6-7 nafari tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘iladi. Agar ularga o‘z vaqtida tibbiy ko‘mak ko‘rsatilsa, bemorni sog‘lom hayotga qaytarish mumkin.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi mana bir necha yildirki, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi ana shunday bemor bolalarni davolash, yurtimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘lida samarali loyihalarni hayotga keng tatbiq etib kelmoqda. Shuningdek, Koreya Respublikasi, Hindiston, Germaniya, hamda Turkiya mamlakatining ko‘plab xayriya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Bu xayrli ishlarga chet ellik mutaxassislar ham jalb etilib, zarur hollarda bolalar xorij klinikalariga salomatligini tiklash uchun yuborilmoqda.

2008 yildan buyon Koreya Respublikasining Pundan Cha hamda Inxa universitetlari gospitallarida tug‘ma yurak nuqsoni, teri kuyishi asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari xastaliklari bilan og‘rigan bolalar muntazam sog‘lomlashtirib kelinmoqda.

– O‘g‘lim yurak porogi bilan tug‘ilgan edi, – deydi ohangaronlik Jasur Sayfullayevning onasi Umida opa. – Uni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga olib borganimizda shifokorlar bolani zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishdi. Ammo bunga moddiy imkoniyatimiz yo‘q edi. Shunday kunlarning birida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi faoliyati haqida eshitdik. Ushbu nufuzli tashkilotga yordam so‘rab murojaat qildik.

Fond mutaxassislari o‘g‘limni ro‘yxatga olishdi. Ko‘p vaqt o‘tmay, Koreyadan kelgan mutaxassislar Jasurbekni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishdi. So‘ng operatsiya qilish uchun men va farzandimni Koreya Respublikasiga olib ketishdi. Quvonarlisi, dilbandim u yerdan butunlay sog‘lom bo‘lib uyga qaytdi.

Fursatdan foydalanib, bunday yuksak e’tibor uchun Yurtboshimizga tashakkur deyman. Qolaversa, biz kabi yordamga muhtoj oilalarga beminnat xizmat ko‘rsatayotgan “Sog‘lom avlod uchun” fondining barcha xodimlariga, shifokorlarga rahmatlar aytaman! Hozir o‘g‘limning ahvoli ancha yaxshi. U o‘zini butunlay tetik his qilmoqda.

 

D. MURODOVA

yozib oldi

Yana o‘qing:  Ko‘rinmas balo yoxud bir yilda 10000 nafardan ziyod o‘zbekistonlik yostig‘ini quritgan “vabo”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: