Har qancha maqtov aytsak ham oz

Yon-atrofimizda jonkuyar, fidoyi insonlarning borligi uchun ham hayotimiz nurafshon, mehr-oqibat mangu. Navoiy viloyati Karmana tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona mudirasi Orzigul Azimova o‘z kasbiga umrini bag‘ishlagan. Odamlarning mushkulini yengil qilish uchun tinim bilmay ishlaydi. Tumanimizda bu shifokorni tanimaydigan odamning o‘zi yo‘q. Xalqning duosini olgan kam bo‘lmaydi, deydi donolarimiz. Orzigul opa ham el xizmatiga kamarbasta bo‘lmoqda.

Bemorlar ham Orzigul opaning “qo‘li yengil”, shirinso‘z shifokor ekanini bot-bot aytishadi. Charchoq bilmas shifokorimiz tumandagi barcha xotin-qizlarni jamlab, sog‘lom turmush tushunchalari to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazadi. Xonadonda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish nafaqat inson salomatligining garovi, qolaversa, oilaga fayzu barokat olib keluvchi omillardan biri ekani haqida targ‘ibot ishlarini olib boradi.

Orzigul opadek ayollar oilalarga xotirjamlik ulashadi, shu bilan bir qatorda jamiyatimiz taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shmoqda. Bunday fidoyi insonlarning sha’niga har qancha maqtov aytsak ham ozlik qiladi!

Xayrulla PO‘LATOV, Navoiy viloyati

Yana o‘qing:  Qiz bolaning qadrini hayosi oshiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: