Farzand salomatligi – el baxti

Yurtimizda ona va bola salomatligi yo‘lida qator xayrli ishlar qilinmoqda. Bu borada “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarni ta’rif etish o‘rinli. Jumladan, fondning Navoiy viloyat filiali tomonidan bu borada bir qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Jumladan, bemor bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha Germaniyaning “Fridenzdorf Interneyshnl” xalqaro tashkiloti bilan doimiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlash joiz. Joriy yil ushbu tashkilot bilan hamkorlik doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar bemor bola – Nurbek Shodiyev, Zamira Buxarboyeva, Zuhriddin Razzoqov hamda Sevinch Saxadinovalar Germaniya davlatiga operativ davolanish uchun jo‘nab ketdi. “Fridenzdorf Interneyshnl” mutaxassislari shu yilning aprel oyida respublikamizga tashrif buyurib, birgina viloyatimizning o‘zida 30 nafar bemor bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, bugunga qadar viloyatimizdan 20 dan ortiq bemor bola ushbu xayriya aksiyalari davomida to‘liq sog‘lomlashtirildi.

 

Marhabo YULDASHEVA,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi

Navoiy viloyat hududiy filiali direktori

Yana o‘qing:  Ota-onaning “kichik darsi”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: