EL E’ZOZIDAGI ShIFOKORLAR

Tanisihatlik har bir inson uchun bebaho ne’matdir. Kishi bemor bo‘lsa, ko‘ziga dunyo tor ko‘rinadi. Salomatligimizni asrashga bel bog‘lagan, oq xalatli shifokorlar borki, ularni el e’zozlaydi.

Abdunabi Niyozov haqida gap ketganida mahalla – ko‘y uni, qo‘li yengil shifokor, deya hurmat bilan tilga oladi. Maktabni tugatib, Toshkent Tibbiyot oliygohining davolash bo‘limida tahsil olgan Abdunabi aka dastlab, Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutida “Ultratovush diagnostikasi” klinikasi ordinaturasida ishlaydi. So‘ngra o‘zi tug‘ilib o‘sgan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘r­g‘on tumaniga qaytadi. Tuman Markaziy kasalxonasida “Ultratovush va mahalliy faollashtirish” diagnostika markazini tashkil etadi. Ushbu markazda “Aloqa –3500 SX”nomli zamonaviy rusumdagi tibbiy uskunada bemorlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, mahalliy aholiga qo‘l kelmoqda. Diagnostika markazi vrachi Abdunabi Niyozov endilikda ustozlaridan o‘rganganlarini shogirdlariga qunt bilan o‘rgatib kelmoqda.

Rafiqasi Yulduz Hasanova ham akusher-ginekolog. To‘rt nafar farzandni oq yuvib, oq tarab kamolga yetkazayotgan shifokorlar oilasining to‘ng‘ich farzandi Mahliyo ham ota-onasi izidan borib, Toshkent Tibbiyot Akademiyasida tahsil olmoqda. A’lochi talabaning yutuqlarini maqtasa arzigulik. U Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining granti sohibi, talabalar ilmiy jamiyati a’zosi.

Alisher ota farzandi Abdunabi Niyo­zovning yetuk shifokor bo‘lishini orzu qilgan edi. Bugun nabirasi Mahliyoning erishayotgan yutuqlaridan ko‘ngli tog‘ qadar yuksalib bormoqda.

Bir so‘z bilan aytganda el koriga yaraydigan oqil farzandlarni tarbiyalash har bir ota-onaning ezgu niyatidir.

Tuhfaniso ORTIQOVA

Yana o‘qing:  CHEMPIONLIK UCHUN KURASH QIZG‘IN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: