Yosh sayohatchilar – Buxoroda

Kecha Toshkent temir yo‘l vokzali bolalar bilan gavjum bo‘ldi. Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan poytaxtimizdagi 14, 15-sonli «Mehribonlik» uylaridagi 9 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan jami 60 nafar tarbiyalanuvchilar uchun Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi. Kichkintoy sayohatchilar ikki kun davomida Buxoro shahridagi diqqatga sazovor joylar va tarixiy obidalarni ziyorat qilib, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy meros bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.

Eng ulug‘, eng aziz bayram – Istiqlolimizning 22 yilligi oldidan tashkil etilgan bu kabi sayohatlar bolajonlarga ona Vatanimiz tarixi bilan yaqindan tanishish imkonini beribgina qolmay, ular qalbida sadoqat va mehr-muhabbat tuyg‘ularini ham shakllantirishi, shubhasiz.

M.TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Ijodga undayotgan ulug‘ qadriyat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: