XOTIRA MUQADDAS, QADR AZIZ

Yashnobod tuman Ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas, inson qadri aziz” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘quvchilarning Brayl usulida chizgan rasmlar ko‘rgazmasi, chevar qo‘llar to‘garagi ishtirokchilari to‘qigan va tikkan kashtalar, turli buyumlar mehmonlar e’tiboriga havola etildi. Ayniqsa, Ispaniya va Italiyada o‘tkazilgan musiqa tanlovlarida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan Azim Odiljonov va Mirsaid Muxtorov, sport yo‘nalishida Yavqoch Abduvoitov va Sasha Svetnovlarning chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida faxriy ustozlarga guldasta va qimmatbaho sovg‘alar, iqtidorli o‘quvchilarga faxriy yorliq va kitobchalar topshirildi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Ezgulik tadorigi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: