Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2014/14)

  • Toshkent shahrida 2014 yil 28 mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
  • O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘inlarida jamoatchilik va davlat idoralarining birgalikdagi faoliyatini yanada takomillashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videomuloqot tashkil etildi.
  • Nukusda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, qishloq vrachlik punktlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
  • Andijon viloyatida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasidagi fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi 12 ta akademik litsey va 117 ta kasb-hunar kollejining 1 ming 34 nafar o‘quvchisi 14 ta umumta’lim fani bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazdi.
Yana o‘qing:  Turnir peshqadamlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: