Turizm rivojlanish pallasida

 O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulay mamlakat. Chunki ona zaminimizda butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan. Ular qoldirgan boy ma’naviy-madaniy merosga xalqaro maydonda qiziqish juda katta.

Yurtimizda turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun, avvalo, zarur infratuzilmani takomillashtirish shart. “Birinchisi, transport, ikkinchisi logistika”, deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Res­publikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishni ta’minlash, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, mintaqalarda turizm salohiyatidan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lmoqda.

Yurtimizda turizmning yangi istiqbollari ochilib, turli yo‘nalish­larda keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, ke­yingi yillarda alpinizm, otda va tuyada, velosipedda sayohat qilish, off-road sayyohatlari, baliq ovi, rafting, xeliski, geoturizm, ta’lim turizmi, tibbiy turizm kabi yangi sayyohlik yo‘nalishlari ommalashmoqda. O‘tgan davr mobaynida davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini tashkil etish hamda hududlarning turizm salohiyatini keng targ‘ibot qilishga qaratilgan dasturlar qabul qilindi. Jumladan, Buxoro va Samarqand shaharlarida sayyohlar uchun kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi, har birining hududi 10 gektardan iborat “Qadimiy Buxoro” va “Samarqand siti” turizm hududlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron-Angren turizm klasterlari hududlarida mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va bugungi kunda amaliyotga joriy etilmoqda.

Zamonaviy turizm istiqbollaridan yana biri – noyob tabiiy mas­kanlar hisoblanadi. O‘zbekis­ton Markaziy Osiyoda ekoturizm eng rivojlangan yetakchi davlatdir. Yurtimiz boy hayvonot va o‘simlik dunyosi, betakror landshaft manzarasi, milliy an’analar va milliy taomlar oshxonasi bilan sayyohlar e’tiborini qozonib keladi. “Ugom-Chotqol” davlat milliy tabiat bog‘i, uning tarkibiga kiruvchi “Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasi, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonalarida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish masalalari doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Shohjahon RAHMATOV,

JIDU 3-bosqich talabasi

Yana o‘qing:  Oq yo‘l, talaba sportchilar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: