Tibbiyot xodimlarini himoya qiluvchi yangi loyiha

Joriy yilda davlat byudjetidan tibbiyot sohasiga 10 trillion so‘mga yaqin yoki 2017 yilga nisbatan 40 foiz ko‘p mablag‘ ajratildi. Kelasi yilga bu mablag‘ni yana 2 trillion so‘mga oshirish rejalashtirilgan. Bu esa sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolat.

Yaqinda tibbiy sohada qonun ustuvorligini ta’minlash va qonun hujjatlari ijrosini tashkil qilish, sohaga doir qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish hamda bemorlar va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi munosabatlarning qonuniyligini ta’minlashga yordam berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma loyiha ham mazkur tizim rivoji yo‘lida tashlangan ulkan qadamlardan biri bo‘ldi.

Loyihada tibbiy-huquqiy qo‘llanma chop etish va tarqatish, tibbiyot muassasalarida aniq mavzular bo‘yicha “bepul huquqiy maslahat” kurs­lari va “huquqiy savodxonlik“ burchaklarini tashkil etish, tibbiyot muassasalari faoliyatini mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq olib borishga ko‘maklashish, butun respublika bo‘ylab tibbiyot muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va “odob-axloq oyligi”ni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, loyihada tibbiyot muassasalaridagi korrupsiya haqida tezkor va anonim xabar berish tizimini takomillashtirish, tibbiyot xodimlariga nisbatan bemorlar va ularning qarindoshlari tomonidan kamsitish, haqorat qilish va jismoniy kuch ishlatish holatlari yuz berganda, tibbiyot xodimlari o‘zlarining buzilgan huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli organlarga murojaat qilish huquqi mavjudligini tushuntirishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan sog‘liqni saqlash sohasidagi kamchiliklar hamda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tezkor munosabat bildirib borish ko‘zda tutilgan.

Ushbu yangilik huquqiy targ‘ibot sohasida Sog‘liqni saqlash va Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, sohada qonun ustuvorligini ta’minlash, shuningdek, aholining tibbiy xizmatdan foydalanishda huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

X.HUSENOVA

Yana o‘qing:  Mardlik va adolat timsoli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: