Tibbiy madaniyat va mustahkam oila

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi ko‘p yillardan buyon aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni ham ma’nan ham jismonan sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish masalalarida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda turli tadbirlar o‘tkazilayotgani bevosita aholi orasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlashda qo‘l kelmoqda. Bu borada jamg‘armaning mintaqaviy filiallari hamda tayanch maskanlari tomonidan olib borilayotgan ishlar ham salmoqli bo‘lmoqda.

Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Mirzo G‘olib va Beruniy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Aholi o‘rtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash” hamda Olmazor Politexnika kasb-hunar kollejida “Erta turmush qurish va qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzularida tashkil etilgan davra suhbatlari shular jumlasidandir.

Tadbirda jamg‘armaning Olmazor tuman tayanch maskani vakillari hamda hududiy oilaviy poliklinika shifokorlari yig‘ilganlarga tug‘ma va irsiy kasalliklar, hamda balog‘at yoshidagi qizlar gigiyenasi haqida tushuncha berishdi.

Z. MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  OQILA AYOL – xonadon ko‘rki

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: