Tibbiy ko‘rik – salomatlik omili

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga qarashli tibbiy-ijtimoiy markazda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan harbiylar va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Prezidentimizning 2015 yil 9 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlash, harbiylar oilalarining tibbiy-ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

“Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan bunday sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda. 2015 yilda tibbiy-ijtimoiy markaz va hududlardagi ko‘chma tibbiy-ijtimoiy guruhlar shifokorlari tomonidan harbiy qismlarda ana shunday aksiyalar tashkil etilib, ularga 13 mingdan ziyod harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari qamrab olindi.

UTT tibbiy uskunasi shifokori, terapevt, endokrinolog, EKG mutaxassisi, pediatr, akusher-ginekolog, oftalmolog kabi malakali shifokorlar jamlangani tibbiy ko‘rikning yuksak saviyada tashkil etilishida muhim omil bo‘lmoqda.

Tibbiy ko‘riklar davomida harbiylar oilalari o‘rtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzi, yuqumli kasalliklarning oldini olish va boshqa dolzarb mavzularda targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

 

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  OBOD YURTDA OSUDA HAYOT

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: