Tennischilarimiz g‘alabasi

 Andijonda tashkil etilgan tennis bo‘yicha xalqaro turnirda Sanjar Fayziyev va Sabina Sharipova mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan 100dan ortiq tennischilar o‘rtasidagi musobaqa O‘zbekiston va Xalqaro tennis federatsiyalari tomonidan o‘tkazildi.

“Fyuchers” turkumidagi musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Sanjar Fayziyev final uchrashuvida turkiyalik Kem Ilkelga qarshi kortga chiqdi. Ushbu uchrashuvning birinchi setini tay-brekda o‘z foydasiga hal qilgan tennischimiz, ikkinchi setda 6: 4 hisobida g‘alaba qozondi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova final uchrashuvida sloveniyalik Kaya Xuvanni 6: 4,6: 2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yana o‘qing:  Har bir bolaga mehr, e’tibor!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: