TARG‘IBOT AVTOKARVONI

Ta’til zavqli o‘tishiga omil bo‘ladi

Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Ichki ishlar bosh boshqarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Targ‘ibot avtokarvoni” yurtimiz kelajagi bo‘lmish bolalarni asrash yo‘lida yana bir xayrli qadam bo‘ldi.

Poytaxtimizdagi muhtasham “Bunyodkor” stadioni yonidan boshlangan avtokarvon harakati Chorsu maydoni, yoshlar shaharchasi orqali o‘tib so‘lim G‘ofur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i yonida to‘xtab bolalar davrasida targ‘ibot ishlarini davom ettirdi.

– Bolajonlar yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlari uchun 1 iyundan 29 avgustgacha yozgi ta’til rejasi tuzilgan bo‘lib, unga asosan muntazam ravishda oromgohlarda, saylgohlarda bolajonlar o‘rtasida “Salomatlik posbonlari”, “Yosh avtonazoratchilar”, “Yashil chiroq” kabi turli tadbirlar va qiziqarli musobaqalar o‘tkaziladi. Ayni vaqtda o‘tkazilgan “Targ‘ibot avtokarvoni” ham yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, bolajonlar o‘rtasida yo‘l transport hodisalarining oldini olish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida keng qamrovli targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat, – deydi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Zoyir Sayidaliyev.

Darhaqiqat, bolajonlarning yozgi ta’tilda maroqli hordiq chiqarib kuch-g‘ayratga to‘lishi ularning ertasi uchun muhim ahamiyatga egadir.

J.HAYDAROVA

Yana o‘qing:  LAVLAGI ShARBATI QON BOSIMINI KO‘TARADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: