Sportsevar bolalar

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi Navoiy viloyat mintaqaviy filiali, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida Navoiy shahridagi 5-sonli «Navro‘z» maktabgacha ta’lim muassasasida «Kichkintoy – shirintoy» nomli sport musobaqasi o‘tkazildi.

Unda musobaqaning tuman va shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash hamda ular qalbida sportga bo‘lgan mehrni yanada oshirishdan iboratdir.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Qiziltepa tumanidagi 13-sonli «G‘uncha» maktabgacha ta’lim muassasasi birinchi o‘rinni, Karmana tumanidagi 6-sonli «Kamalak» maktabgacha ta’lim muassasasi ikkinchi hamda Nav­bahor tumanidagi 1-sonli «Oltin baliqcha» va Xatirchi tumanidagi 5-sonli «Yulduzcha» maktabgacha ta’lim muassasalari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

F.RAHIMOVA,

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi Navoiy viloyat mintaqaviy filiali direktori

Yana o‘qing:  Ayol qalbi ixtirosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: