SINDOROVLARNING YANGI CHEMPIONI

Ma’lumki, Yurtimizda bolalarning ta’lim olishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 440-maktabgacha ta’lim muassasasida ham tarbiyalanuvchilarning zehnini yanada rivojlantirish maqsadida “aql gimnastikasi” deya e’tirof etiladigan shaxmat bo‘yicha MTMlar o‘rtasida shahar birinchiligi o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi MTM tarbiyalanuvchilari ishtirok etgan mazkur musobaqaga shaxmat murabbiyi, “Shuhrat” medali sohibi Ravshan Shukurov hakamlik qildi.

– Bunday musobaqalar bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirish bilan bir qatorda, sportga nisbatan mehrni yanada shakllantiradi, – deydi Shayxontohur tumani 15-bolalar va o‘smirlar Olimpiya sport maktabi murabbiyi Sunnatilla Banyozov.

Musobaqalarning qizlar o‘rtasidagi bahslarida 1-o‘rinni Yunusobod tumani 304-MTM tarbiyalanuvchisi Rofiya Sultonqulova egallagan bo‘lsa, Shayxontohur tumani 243-MTM nomidan ishtirok etgan Muyassar Mirzaahmedova va Olmazor tumani 20-MTM sharafini himoya qilgan Zahro Ortiqova 2-3 o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda esa jahon chempionlari Javohir va Islombek Sindorovlarning ukasi Sergeli tumani 305-MTM tarbiyalanuvchisi 5 yashar Humoyun Sindorov akalarining izidan borib chempionlikni qo‘lga kiritdi. Yunusobod tumani 424-MTM tarbiyalanuvchisi Azimjon Tulayev hamda Shayxontohur tumani 243-MTM tarbiyalanuvchisi Alixon Avazxonovlarga esa 2 va 3 o‘rin nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shahnoza KARIMOVA

Yana o‘qing:  Andijonda yangi g‘oya va ixtirolar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: