Shaxmatchilarimiz Shri-Lankadan 33 ta medal bilan qaytdi

Shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan yosh sportchilarimiz ona Vatanga yorug‘ yuz bilan qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chempionlarni keng sport jamoatchiligi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-­onalar va sport muxlislari tantanali kutib oldi.

Osiyo chempionatida shaxmatning blits, rapid va standart yo‘nalish­lari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilarimiz 16 ta oltin, 11 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ega bo‘ldi. Bu ko‘rsatgich yosh shaxmatchilarimizni umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashga imkon yaratdi.

Standart yo‘nalishi bo‘yicha muvaffaqiyat qozongan 7 nafar shaxmatchimiz 2019 yili Tunisda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  Sotilgan hovli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: