O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Prezident Mun Chje Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi.

Seul xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Koreya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uchrashuvlarning mantiqiy davomi bo‘lib, davlatlarimizning o‘zaro aloqalariga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish imkonini bermoqda.

Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi davlatlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashishi, ikki davlatning yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yirik ishbilarmonlar ishtirokidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes forumida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlarining Strategik sheriklikni har tomonlama rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga doir ko‘plab hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, tijorat kelishuvlari va shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Seul, 22 noyabr.

O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘ROZOV xabar qiladi.

Yana o‘qing:  RASHID POLVONNING G‘ALABASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: