Orzular qay tomon yetaklar

Yaqinda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Toshkent fotosuratlar uyi hamkorligida Salima Abdurazzoqovaning “Orzular qay tomon yetaklar” nomli shaxsiy rasmlar ko‘rgazmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada rassomning portret, peyzaj, natyurmort va sahna janrlaridagi asarlari taqdim etildi. Yorqin ranglarga boy tasvirlarda ona yurt, betakror tabiat, zahmatkash xalqimizga bo‘lgan yuksak muhabbat o‘z ifodasini topgani bilan alohida ahamiyatga ega.

Taqdimotni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisi Svetlana Inamova qisqacha tabrik so‘zi bilan ochdi. Shuningdek, tadbirda amaliy san’at namoyondalari, muxlislar o‘z fikr-mulohazalari bilan qatnashdi.

 

Javlon SA’DULLAYEV

Yana o‘qing:  Gilosli pirog

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: