Millat genofondiga daxldor masala: unga panja orasidan qarab bo‘lmaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Bositxonovaning “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti tinglandi.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyida “Ona va bola skrining” markazlari tomonidan 214 ming 237 nafar xavfli guruhiga moyil homilador ayol tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ularning 3 ming 391 nafarida tug‘ma nuqsonlar va irsiy kasallik­lar bilan rivojlanayotgan homila aniqlangan. Nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish maqsadida tegishli choralar ko‘rildi.

Tadbirda millat genofondini asrash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramay, sohada bir qator kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi. Mamlakat miqyosida onalar o‘limi qisman kamaygan bir paytda Navoiy, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida bu ko‘rsatkich yuqoriligicha qolayotir. Go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi esa Andijon va Xorazm viloyatlarida o‘zgarmay qolmoqda.

Tadbirda ambulator-poliklinika muassasalari bilan tug‘ruqqa yordamlashish muassasalari o‘rtasida o‘zaro aloqa yetarli yo‘lga qo‘yilmaganiga ham alohida e’tibor qaratildi. Deputatlarning fikricha, bunday holatlarning oldini olish uchun ambulator-poliklinika muassasalari bilan tug‘ruqqa yordamlashish muassasalari, shuningdek, turli bosqichdagi tug‘ruqqa yordamlashish muassasalari faoliyatini o‘zaro integratsiyalashgan holda olib borish maqsadga muvofiq.

Tanbir yakunida oilalar, onalar va bolalar salomatligini har tomonlama mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi, homilador ayollar va chaqaloqlarda tug‘ma nuqsonlarni barvaqt aniqlab, davolash, bolalar nogironligini kamaytirish, onalar va go‘daklar o‘limining oldini olish yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olingan holda qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

 

X.HUSENOVA

Yana o‘qing:  Faoliyat sarhisobi va ustuvor vazifalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: