Maxsus bolalar muassasalariga vitaminlashtirilgan sabzavot aralashmalari yuboriladi

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, xalqimizga sifatli tibbiy-ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlarga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham munosib hissa qo‘shmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi “Recource and Policy Exchange” (AQSH) xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda 2009 yildan buyon qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Navbatdagi xayriya tadbirida mazkur tashkilot tomonidan yuborilgan vitaminlar bilan boyitilgan mahsulotlar tibbiy-ijtimoiy muassasalarga topshirildi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida fond bir qator xalqaro xayriya tashkilotlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik doirasida mamlakatimizdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilariga dori-darmonlar, tibbiy jihozlar, sanitariya-gigiyena vositalari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport inventarlaridan iborat muruvvat yordami ko‘rsatilmoqda.

Fondning mintaqaviy filiallari, hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari orqali mamlakatimizdagi 139 ta tibbiy va maxsus bolalar muassasasiga vitaminlashtirilgan sabzavot aralashmalari muruvvat yordamlari sifatida yetkazib berilishi, bu boradagi ezgu ishlarning amaliy ifodasidir.

Tadbirda O‘zbekiston Res­publikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tibbiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan lo­yihalar natijalari haqida so‘z yuritildi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: