Maroqli hordiq – eng shirin tortiq

Yurtimizga jazirama yoz kirib kelishi bilan bolajonlarga bo‘lgan e’tibor yanada ortadi. Zero, ularning ta’til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazishlarini tashkil qilish maqsadida ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan turli madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Ana shunday tadbirlardan biri “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan tashkil etildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 11 iyun kuni Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi “Mehribonlik” uylari hamda Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi Bolalar shaharchalarining jami 50 nafar tarbiyalanuvchilari uchun tarixiy Buxoro shahriga bir kunlik sayohat tashkillashtirdi. Uning doirasida 50 nafar tarbiyalanuvchilar uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan bepul temir yo‘l chiptalari ajratildi va “Sog‘lom avlod uchun” fondi tomonidan bolalar 3 mahal issiq ovqatlar bilan ta’minlandi.

– Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolajonlarning yozgi ta’til kunlarini yanada mazmunli va maroqli o‘tkazish, ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish, buyuk bobolarimizdan qolgan meroslarni asrab-avaylashga o‘rgatishdan iboratdir, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi Abbos Ergashev.

Tadbir bolalarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usining shakllanishiga yordam beradi.

Sayohat davomida bolajonlar Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Bulutlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: