Bulutlar - admin · 16.06.2014 Yelkani uchqur shamol, Suzib yurar bulutlar. Ko‘k bag‘rini gullardek Bezab turar bulutlar. O‘zi qora bo‘lsa ham, Niyati oqdir uning, Hayot bag‘ishlar yerga, O‘zi ham pokdir uning. Nozima Erkinboyeva, Angren shahar 7-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi