Kollejda til bayrami

Respublika rassomlik kollejida “Til – millat ko‘zgusi” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchi yoshlar hamda ota-onalar ishtirok etdi. Kechaga taklif etilgan Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari milliy va Yevropa cholg‘ularida mahorat bilan kuy va qo‘shiq ijro etib, barchaning olqishiga sazovor bo‘ldilar. Ayniqsa, kollej o‘quvchilari tomonidan Vatan, ona tili, do‘stlik, tinchlik mavzuida aytilgan she’rlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Aytish mumkinki, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi yosh iste’dodlarning yuzaga chiqishiga, yoshlarni yurtga sadoqat, ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Zulfiya KOZIMOVA,

Respublika rassomlik kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  “Bolalar va yoshlar uchun do‘stona shaharlar” global tashabbusi O‘zbekistonda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: