JURNALIST VA BLOGERLAR BILAN MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarori hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatining 2019 yilga mo‘ljallangan chora tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan milliy ma’naviyatimizning ma’no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil, ta’sirli va zamonaviy usul va vositalardan foydalanilgan targ‘ibot ishlarini keng aholi ommasi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ibot qilish, ularni ona vatanga muhabbat va sadoqat, fidoiylik, eng muhimi ularda daxldorlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an’analarimizning hozirgi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday ichki va tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli va zamonaviy tashviqot ishlarini tashkil qilish va ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoq sahifalarida muntazam e’lon qilib borish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida jurnalist va blogerlardan iborat “Ziyolilar” blogerlar klubini shakllantirish, uning manzilli vazifa va yo‘nalishlarini belgilash, harakatlar strategiyasi, amalga oshirish mexanizmi, samarador metodikasini ishlab chiqish bugungi kun talablaridan biridir.
Aynan ana mavzuning muhokamasiga bag‘ishlab joriy yilning 6 iyul kuni soat 11.00. da Toshkent shahridagagi «Co-Working Centre C-SPACE» markazida o‘tkazilgan trening ham «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan yurtimizda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar bilan uchrashuv tarzida tashkil qilindi.
Trening jarayonida ishtirokchilardan “Ziyolilar” blogerlar klubi loyihasi doirasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan taklif-tavsiyalar olindi, klub faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu o‘ziga xos hamkorlik faoliyati rivojlanib borayotgani sayin ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq tizimida yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarning taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan keng- ko‘lamli izchil islohotlarni aholi va yoshlar o‘rtasida chuqur targ‘ib etish, shu orqali ularning ruhiyati, ma’naviyati va madaniyatini, tafakkurini boyitish, vatanparvarlik, daxldorlik, mas’ullik hislarini rivojlantirish borasida munosib imkoniyatlar yaratilishiga umid qilamiz.

M. Axmedova,
A. Soliyeva

Yana o‘qing:  Polvonlar O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun bellashdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: