Biz nima uchun yostiqda uxlaymiz?
Yostiqlardan foydalanishimizning bir sababi inson tanasining anatomik xususiyatidir. Biz tik turganimizda bosh, bo’yin va umurtqa suyagi bir vertikal chiziqda bo’ladi. Bu chiziq inson yotganida ham xuddi shunday saqlanishi kerak. Bu tush ko’rish uchun ham qulay holat hisoblanadi, bosh va umurtqa pog’onasi ham shunday chiziqda turishi lozim. Tush ko’rayotganda muskullarning dam olishi jarayonida bosh «yiqilib» qolmasligi kerak. Aks holda, orqa muskullar hisoblangan bo’yin va umurtqa suyagiga ortiqcha og’irlik tushadi va ular zo’riqadi. Shuningdek, qon aylanishi va nafas olish ham qiyinlashadi. Shu sababdan ham, tananing to’g’ri shakllanishi, tekis chiziq bo’ylab turishi uchun yostiq muhim vositadir.
Dilruh Isomiddinova