Izlanishlar keng imkoniyatlar yaratadi

Inson hayotida shunday onlar bo‘ladiki, u hech qachon unutilmaydi. Balki, umrining eng yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, yodida bir umr muhrlanib qoladi. Toshkent shahridagi 5-klinik shifoxonasi hamshirasi Dilnoza Abdiyevaning respublika hamshiralar tanlovida g‘olib bo‘lgan kun ana shunday shodumon kunlardan biriga aylandi.

Shu kuni uning ko‘z oldidan keyingi ikki-uch oy ichida o‘tgan kunlari birma bir o‘tdi. Dilnoza muttasil ravishda kasbiy mahoratini qayta oshirdi, qo‘shiq aytish, raqsga tushish, she’rni maromiga yetkazib aytishni mashq qildi. U ko‘rik-tanlovning tanishuv, kasbiy mahorat, birinchi tez tibbiy yordam, ma’naviyat va ma’rifatga doir savollar, erkin mavzu bo‘yicha shartlariga astoydil tayyorgarlik ko‘rdi. Shuningdek, barcha savollarga sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik, sog‘lom avlod – komil inson demakdir, degan nuqtai nazardan javob berdi.

Natijada Dilnoza Abdiyeva O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyrug‘iga asosan O‘zbekistondagi u istagan oliy o‘quv yurtiga grant asosida hech bir sinovsiz o‘qishga kirish huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, «Matiz» avtomobili bilan taqdirlandi.

– «Hamshiralar» respublika tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Dilnoza Abdiyevaga tinimsiz mehnat, izlanish va umid hamroh bo‘ldi. Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejini tugatgan tirish­qoq, o‘z kasbini dildan sevgan bu hamshira qiz 2011 yildan beri shu klinikaning jarrohlik bo‘limida faoliyat yuritib kelmoqda. Dilnozaning bunday ulkan muvaffaqiyatga erishishida jamoadagi tibbiyot xodimlarining ham munosib xissasi bor. Chunki, D.Abdiyeva bosqichma-bosqich tanlovlarda ishtirok etgan kunlari hamkasb dugonalari uning o‘rnini bildirmay, bemorlarni mehr bilan parvarish qilish orqali uni qo‘llab-quvvatlab turdilar, – deydi poytaxtdagi 5-klinik shifoxona bosh shifokori G.Kenjayeva.

Shu qatorda bosh shifokor o‘rinbosari D.Sodiqova, mehnat faxriysi E.Haydarova, klinika dorixona mudirasi A.Ismatullayeva, qabul bo‘limi katta hamshirasi M.Safayevalar so‘zga chiqib, Dilnoza Abdiyevani g‘alaba bilan qutladilar.

Bemorlar sog‘ligi uchun xormay-tolmay harakat qilayotgan Dilnoza Abdiyevani mazkur mukofot bilan tabriklaymiz.

Nodira DO‘STXO‘JAYEVA,

dotsent

Yana o‘qing:  Nafsni isloh qiluvchi zahmat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: