INFARKTNING OLDINI OLUVCHI VAKSINA

«The Daily Telegraph» nashrining xabar berishicha, Angliyaning Garvard instituti olimlari infarktning oldini oluvchi vaksinani kashf qilishgan.

Ushbu kashfiyot jigardagi PCSK9 geniga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi asosida amalga oshirildi. Sababi shundaki, ushbu gen faoliyatining buzilishi yurak-qon tomirlar tizimida xolesterinning oshishiga, tomirlar ichki devorida ko‘p miqdorda xolesterinning paydo bo‘lishi esa infarktga olib keladi.

Yaratilgan vaksina jigardagi PCSK9 geni mutatsiyasining o‘ziga xos shaklini o‘rganish asosida yaratilgan. Mutantlashgan gen inson qonidagi xolest­erinning kam miqdorda bo‘lishini ta’minlaydi.

Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, infarkt­ning oldini oluvchi vosita o‘n yillardan keyin ommaviy foydalanish uchun tayyor bo‘ladi.

Gulshirin

Yana o‘qing:  Kitobxon talabalar tanlovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: