Hashar – azaliy qadriyat

Mustaqilligimizning 27 yilligi va Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish va respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida joriy yil 18-19 avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Shu kunlari mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh, qabriston va muqaddas qadamjolar tartibga keltirildi.

Birgina Farg‘ona viloyati shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan aholi o‘zlari yashayotgan, mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan hududlarni, ariq va zovurlar, ko‘cha va xiyobonlar, muqaddas qadamjo va qabristonlarni tozalash, obodonlashtirish ishlarida faollik ko‘rsatdi. Hasharning birinchi kunidayoq, 1 millionga yaqin odam ishtirok etdi.

– Hashar xalqimizga xos qadim va olijanob qadriyatlardandir. Shu bois, ushbu tadbirda katta-yu kichik birdek faol ishtirok etdi. Xayriya hasharida yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi hamjihatlik, mehr-muruvvatga muhtoj kishilarga ko‘mak berish, yurtni obod qilishdek ezgu maqsadlar amalda o‘z ifodasini topdi, – deydi “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Rustamjon Tojiboyev.

Mamlakatimizda boshlangan obodonlashtirish va tozalik oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ikki kunlik umumxalq xayriya hasharida Surxondaryo viloyatidagi 717 mahalla, 73 uy-joy shirkatlari uyushmasi, 7 oliy ta’lim muassasalarida yirik hajmdagi ishlar bajarildi. Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, madaniyat va tibbiyot muassasalari, korxona va tashkilotlar jamoalari ham ushbu tadbirda faol qatnashdi.

 

– Ajdodlarimiz ming yillardan buyon e’zozlab kelayotgan milliy qadriyatlarimizning bir bo‘lagi bo‘lgan hasharda mahallamiz ahli faol ishtirok etdi, – deydi Termiz shahridagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Dilfuza Toshboyeva. – Asosiy qismi ko‘p qavatli uylar bo‘lgan mahallamizda turli millatga mansub 4 ming 635 nafar kishi ahil-inoq yashaydi. Ularning 1 ming 440 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlardir.

 

Ta’kidlash joizki, xalqimiz orasida mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni vatanparvar va fidoyi insonlar etib tarbiyalashlashda bu kabi tadbirlarning o‘rni o‘zi xos. Zero, hashar – elga yarashar.

 

X.HUSENOVA

Yana o‘qing:  Shifotalab bolalarning zafarli safari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: