Fuqarolik jamiyati ko‘zgusi

Samarqandda “Mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarida nodavlat elektron OAV rolini oshirish: O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan media kunlari doirasida tashkil etildi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari va vakolatxonalari vakillari, Germaniya, Fransiya, Litva, Bolgariya, Chexiya, Rossiyadan kelgan ekspertlar, poytaxt va hududiy teleradiostansiyalar rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Anjuman ekspertlari O‘zbekistonda nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni yuksak baholab, bu borada o‘z tajribalarini bayon qildi.

Tadbir doirasida “Jurnalistlarning yangi avlodi shakllanishida zamonaviy trendlar va yoshlar auditoriyasini kengaytirish istiqbollari: ko‘zguda – multimedia jurnalistikasi” mavzusida “Navqiron jurnalistlar” media-kempi o‘tkazildi.

Aktam BERDANOV,

Samarqand viloyati

Yana o‘qing:  YURTIMIZDA YANA BIR BOR: “TASHKENT CHALLENGER – 2014”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: