FOND faoliyatidan (2015/5)

Qoraalpog‘iston. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan Nukus shahri “Shoirlar ovuli” mahalla fuqarolar yig‘ini va Ornek-1 qishloq vrachlik punktida 332 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shaharchadagi 9-umumta’lim maktabida “Erta turmushga chiqishning salbiy oqibatlari”, “Qarindoshga quda bo‘lmang!”, “Skrining tekshiruvini bilasizmi?”, “OITS bu nima?” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Andijon. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Baliqchi tumanidagi harbiy qismda harbiylar va ularning oila a’zolari hamda Qorasuv shahar “Uch tegirmon” va Ahmad Yassaviy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholining 343 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Buxoro. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Buxoro shahri, Kogon va Olot tumanlaridagi harbiy qismlarning 463 nafar harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Farg‘ona. Fondning hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Farg‘ona shahar “Sovurbuloq”, “Beshbuloq” , Jomiy va Al-Farg‘oniy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida 335 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Toshkent. Tibbiy-ijtimoiy markaz mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonligi muhandislik bilim yurtining harbiy xizmatchilari, ularning oila a’zolari hamda kursantlarning 390 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot kotibi

Yana o‘qing:  YANA TO‘RT ISHTIROKCHI MA’LUM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: