Erkinlik, ochiqlik, oshkoralik

Joriy yilning 5-7 dekabr kunlari “Poytaxt” biznes-markazida O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) O‘zbekiston Respublikasidagi loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda 2013-2014 yillarda tatbiq etilayotgan “O‘zbekiston OAV va axborot xizmatlari salohiyatini yanada oshirish masalalari” loyihasi doirasida jurnalistlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad OAV faoliyatida xolislik, voqelikni o‘z vaqtida yoritish va tahlil qilish, shuningdek, materiallar tayyorlashda ichki senzuraga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar bo‘yicha jurnalistlarning huquqiy bilimlarini oshirish va xalqaro tajribani o‘rganishdan iborat.

Buyuk Britaniyadan taklif etilgan ekspertlar uch kun mobaynida amaliy seminarlarda ishtirokchilarga xorijiy jurnalistika, xususan, sohada erishilayotgan ijobiy yutuq va tajribalar borasida ma’lumotlar berishdi.

Shuningdek, jurnalistlarning dalillardan foydalanish va ulardagi aniqlik, jamoatchilik bilan hamkorlik qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or tajribalardan foydalanish, muharrirning tahririyat ijodiy xodimlari bilan ishlashda o‘zaro munosabatlar samaradorligini yanada oshirishda xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashildi.

Seminar-trening interfaol tarzda o‘tkazilib, unda ishtirokchilar va ekspertlar tomonidan milliy media sohasi faoliyatidagi dolzarb masalalar muhokama etildi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

J.HAYDAROVA

Yana o‘qing:  Milliy g‘oya – ezgu g‘oya

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: