El farzandlariga yuksak g‘amxo‘rlik

Yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash, ularni ertamizning munosib vorislari bo‘lib kamolga yetishlari borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Istiqlol yillarida Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yuksak e’tibor va amalda tatbiq etilgan islohotlar samarasi nafaqat yurtdoshlarimizning, balki butun dunyo jamoatchiligining ham e’tirofiga sazovor bo‘layotir.

Bugun mamlakatimizda 9 ming 765 ta maktab, 4 ming 962 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilgi Investitsiya dasturiga ko‘ra 381 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 219 ta maktab rekonstruksiya qilindi, 162 ta maktab esa kapital ta’mirlandi.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 1 ming 471 ta sport inshooti, Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 3 ming 794 ta maktab sport zallari foydalanishga topshirildi. Yangi o‘quv yili uchun rejalashtirilgan 394 nomdagi 22,5 million nusxa darslik va o‘quv qo‘llanmalari to‘liq chop etilib, ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.

Yangi o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan 528 ming 972 nafar o‘quvchiga «Prezident sovg‘asi» sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari va portfeldan iborat sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

2013-2014 o‘quv yilidan boshlab, mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarining 1-sinflarida chet tili fanini o‘qitish joriy etildi. Ushbu maqsadda yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida 1-sinflar uchun ingliz, nemis va fransuz tillaridagi darslik majmualari yaratildi. Mazkur majmualar o‘quvchi kitobi, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va multimediya ilovalaridan iborat. Shuningdek, chet tili fani o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yildagi qarori bilan qishloq joylaridagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning oylik stavkalariga 30 foiz va boshqa ta’lim muassasalaridagi chet tili muallimlari uchun 15 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanishi borasidagi o‘zgartirishlar kiritildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, joriy o‘quv yilida vazirlik tomonidan «Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari» ishlab chiqildi. Unda o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, maktab jamoasi a’zolarining odob-axloqqa oid majburiyatlari va burchlari o‘z aksini topgan. «Odob-axloq qoidalari» barcha umumta’lim maktablarida amaliyotga to‘liq joriy etiladi va uning mazmun-mohiyati bilan nafaqat maktab jamoasi, balki ota-onalar ham to‘liq tanishadilar.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

J. HAYDAROVA,

«Sog‘lom avlod» muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: