Davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha O‘zbekiston ­Nogironlar jamiyatida “Mahalla” teleradiokanali bilan hamkorlikda O‘zbekis­ton Respublikasi Prezidenti tomonidan “Nogironlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasiga takliflar yig‘ish va ularni taqdim etish guruhining a’zolari so‘zga chiqib, farmoyish yuzasidan jami 73 ta taklif qonunchilik palatasiga yetkazilgani, ular orasidan maqbullari dasturga kiritilishini ta’kidlashdi. Shuningdek, yig‘ilganlar ushbu farmoyishning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Davra suhbatida takliflar yig‘ish va ularni taqdim etish guruhi a’zolari – O‘zbekis­ton Nogironlar jamiyati raisi Komiljon Abdullayev, rais o‘rinbosari Oybek Isoqov, O‘zbekiston Milliy universiteti katta o‘qituvchisi, I guruh nogironi Abdulla Abduxalilov ishtirok edi.

Yana o‘qing:  Xushxabar, yangiliklar (2014/20)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: