Cport xabarlari (2015-33)

Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida o‘tkazilayotgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Diyo­ra Keldiyorova Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan jahon chempionatida oltmishga yaqin davlatdan besh yuz nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bellashuvida qatnashgan Diyora Keldiyorova vengriyalik Aleksandra Marotini, gollandiya­lik Aniyek Norderni, braziliyalik Gabriyela Klementeni, yarim finalda turkiyalik Turje Bederni yengib, hal qiluvchi bahsga chiqdi.

Hayajonli bellashuvlar ostida o‘tgan final bahsida iqtidorli dzyudochimiz gollandiyalik Joriyen Visserga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va o‘z vazn toifasida jahonda tengsiz ekanini isbotladi.

Janubiy Koreyaning Suvon shahrida yakunlangan shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz shaxmatchilari munosib ishtirok etdi.

Nufuzli musobaqaning o‘n yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Javohir Sindorov to‘qqiz imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli shaxmatchimiz to‘qqiz turning birortasida mag‘lubiyatga uchramadi. Terma jamoamizga Osiyo chempionati bronza medalini o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan Nodirbek Yoqubboyev keltirdi.

Osiyo chempionati doirasida o‘tkazilgan rapid va blits shaxmat bo‘yicha “World Youth Mind Sports Fair” turnirida ham rapid shaxmat bo‘yicha o‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda ham Javohir Sindorovga teng keladigani topilmadi. Sakkiz yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Islombek Sindorov yetti imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘n olti yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarda Nilufar Yoqubboyeva yetti imkoniyatdan besh ochko jamg‘argan holda bronza medal bilan taqdirlandi.

T.ORTIQOVA

Yana o‘qing:  POYTAXTIMIZDA KATTA SPORT BAYRAMI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: