Buyuk Britaniya – O‘zbekiston Ta’lim haftaligi

15-17 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayoyotgan UK-Uzbekistan Education Week Uzbekistan –
bu dunyo miqyosidagi ta’lim sohasidagi yetakchi mutahassislarini, ta’lim siyosati vakillari va sohadagi amaliyotchilarni birlashtirish imkoniyatidir. Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbirda ular
• oliy ta’limdagi milliy va xalqaro tendensiyalar va imkoniyatlar, shuningdek, uning zamonaviy jamiyat va iqtisodiyot bilan hamnafasligini muhokama qilish,
• Buyuk Britaniya ta’lim muassasalarini ilg‘or o‘quv maskanlari bilan tanishtirish,
• 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Milliy strategiyasi va 2030 yilgacha ta’limni rivojlantirish strategiyasiga hissa qo‘shish,
• Buyuk Britaniyani ingliz tili, ta’limni isloh qilish va baholash bo‘yicha global nufuzli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish,
• Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishdan iborat.
Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va Maxsus Ta’lim Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El Yurt Umidi» jamg‘armasining ushbu qo‘shma tashabbusi qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
15 oktyabr kuni «O‘zbekistonda umummilliy ta’lim imkoniyatlari» davra suhbati,
15 oktyabrda “Study UK 2019 Uzbekistan” ko‘rgazmasi,
16-17 oktabr kunlari «Oliy ta’limda ingliz tilining o‘rni va bitiruvchilarning ishga joylashishiga ta’siri» konferensiyasi o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda transnatsional ta’lim bo‘yicha asosiy manfaatdor tomonlar uchun ochiq munozarali platformani yaratishga, mavjud imkoniyatlar va muammolar haqida xabardorlik va tushunishni oshirishga qaratilgandir. Transnatsional ta’lim ni ta’minlash uchun siyosiy tavsiyalar va institutsional qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha umumiy kelishuvni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Tadbirning asosiy mavzulari quyidagilardan iborat bo‘ldi.
• UMT uchun asosiy bozor imkoniyatlari va muammolarini muhokama qilish.,
• oliy va xalq ta’limi sektorlarida UMT sohasidagi ilg‘or tajribalar almashinuvi, umummilliy ta’limning institutsional ko‘rinishi va uning xalqarolashtirish strategiyasida tutgan o‘rni,
• Buyuk Britaniya hamkorlari bilan UMT ni mustahkamlash, yangi manfaatdor tomonlar va umummilliy ta’limning turli shakllarini moliyalashtirish muhokamasi.
Davra suhbatida
• O‘zbekiston Respublikasi ta’lim vazirliklari vakillari,
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi «El Yurt Umidi» jamg‘armasi vakillari,
• O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,
• Professional uyushmalar vakillari,
• Davlat Test Markazi
• O‘zbekistonda joylashgan asosiy xalqaro, universitetlar va Foundation dasturi ta’minotchilari,
• Prezident maktablari tarmog‘i,
• Asosiy ish beruvchilar va soha vakillari,
• Xalqaro imtihonlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar,
• O‘zbekistondagi ta’lim agentliklari va
• Buyuk Britaniya universitetlari hamda boshqa ta’lim muassasalari ishtirok etadilar.
Britaniyaning 8 ta universitetlarini birlashtirgan O‘zbekistondagi o‘tkazilayotgan Buyuk Britaniya ta’lim ko‘rgazmasining maqsadi mahalliy talabalar, universitet xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlarni Buyuk Britaniyadagi turli xil ta’lim imkoniyatlari to‘g‘risida boxabar qilishdir. Britaniya ta’lim muassasalari vakillari bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlari, masofaviy ta’lim imkoniyatlari, stipendiyalar, shuningdek, turli mutaxassisliklar bo‘yicha malaka oshirish kurslarini taqdim etadilar.
«Oliy ta’limda ingliz tilining roli va bitiruvchilarning ishga joylashishiga ta’siri» mavzusidagi konferensiya Britaniya Kengashining joriy yilda ishga tushirilgan yangi «Oliy ta’lim va ish bilan ta’minlash» mintaqaviy dasturining bir qismidir. Ushbu loyiha Janubiy Kavkazda (Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya), O‘rta Osiyo mintaqasida (Qozog‘iston, O‘zbekiston), Ukraina va Turkiya mamlakatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Anjuman uchta strategik muxim forumning birinchisi bo‘lib, xalqaro miqyosda o‘sib borayotgan ehtiyojga javoban oliy o‘quv yurtlarining imkoniyatlarini qanday oshirishimiz mumkinligini o‘rganishga qaratilgan. U global bilimlar iqtisodiyotida o‘z muhim ahamiyat kasb etib, o‘qituvchilar, talabalar va xodimlarning ingliz tilini rivojlantirish orqali chegaralararo tadqiqotlar sohasida hamkorlikka undaydi.

Yana o‘qing:  BOKS BO‘YICHA JAHON CHEMPIONATI

Bundan tashqari, konferensiyada ingliz tilini mintaqadagi va xalqaro miqyosda tutayotgan o‘rni kengroq ko‘rib chiqiladi. Universitet darajasidagi muammolarni hal qilishda yordam berish, yuqori darajadagi bilimlarni taqdim etishda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun qanday vosita sifatida foydalanish mumkinligi va boshqa mavzular ko‘rib chiqiladi. Ta’lim muassasalari va ish beruvchilarning talablari hamda bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi va daromad olish potensialining oshishi konferensiyaning asosiy mavzularini o‘z ichiga olgan.

Amal SOLIYEVA.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: