“BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB”

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi Iqtisodiyot kasb-hunar kollejida xalqimizning atoqli va ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda muassasa o‘quvchilari sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Ayniqsa, iste’dodli o‘g‘il-qizlarning duet tarzida Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon she’rlaridan namunalar o‘qishlari, “Bahor valsi”, “Ko‘klam kuylari” raqslarini maromiga yetkazib ijro etishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbir doirasida kollej kutubxonasida tashkil etilgan “Baxt va shodlik kuychisi”, “Elning nodir qizi” nomli suratlar to‘plami, umr rishtalarini bog‘lagan ikkala shoirning turli yillarda chop etilgan 20 xil kitoblari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Jahongir XOLIQOV,

Farg‘ona viloyati

Yana o‘qing:  Salom, tansiq bahor!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: