7 kun davomida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida tibbiy sug‘urtaga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda aholiga tibbiy sug‘urta xizmati ko‘rsatishda milliy va xorijiy tajriba, mamlakatimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar natijalari, tibbiy sug‘urta xizmatini takomillashtirish, bu yo‘nalishdagi qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar xotin-qizlar qo‘mitalarining bosh mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘quv-seminarda xotin-qizlar manfaatlariga taalluqli davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, bunda doimiy tahlil va monitoring olib borish, xotin-qizlar qo‘mitalarining mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorligini kuchaytirishga oid masalalar muhokama etildi.

 

Respublika Qon quyish markazida 14 iyun – xalqaro donorlar kuni munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda qon topshirish arterial gipertoniya xastaligining oldini olishi, organizmdagi modda almashinuvini yaxshilashi va immun tizimini mustahkamlashi xususida so‘z yuritildi. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom insonlar tegishli shifo maskanlarida to‘rt bosqichli tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, shifokor tavsiyasiga binoan donorlik qilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar berildi.

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Umidbaxsh hayotiy quvvat mo‘jizasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: