Yuqori pog‘onalar sari

Minifutbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vyetnamning Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi shafeligida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada qit’amizning o‘n olti davlati terma jamoasi to‘rt guruhda g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Qoidaga ko‘ra, har bir guruhdan eng kuchli ikkitadan terma jamoa pley-off bosqichiga yo‘llanma olib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradi.

Musobaqaning “D” guruhidan joy olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi dastlabki bahsda Qirg‘iziston vakillari bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi turda qit’amizning amaldagi chempioni – Yaponiya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. So‘nggi turda futzalchilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa terma jamoamiz 7 ochko jamg‘argan holda guruhda birinchi o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘l oldi.

Yana o‘qing:  Shukronalik sururi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: