Yangi yil dasturxoniga

YANGI YIL TORTI

Ushbu tort qiyomga bo‘ktirilgan shokoladli biskvitdan iborat. Uch qavatdan iborat biskvit orasiga yong‘oq va quruq meva aralashtirilgan saryog‘li krem suriladi. Bezatish uchun qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokolad, kokos qirindisi va marmalad kerak bo‘ladi.

Biskvit tayyorlash uchun:

5 dona tuxum, 1 piyola shakar, 1 piyola un va ikki osh qoshiq kakao kerak bo‘ladi.

Tuxum sarig‘ini oqidan ajratib alohida idishga olinadi. Uning oqiga oz-ozdan shakar qo‘shib aralashtiriladi, sarig‘iga ham bir oz miqdorda shakar qo‘shib aralashtiriladi. Obdon chayilgan tuxum oqi bilan sarig‘i aralashtiriladi (mikser bilan emas!). Tayyor bo‘lgan mahsulotga kakao aralashtirilgan un qo‘shiladi va obdon qoshiq yordamida aralashtiriladi. Quyuqroq bo‘tqa suyuqligidagi masalliqni gaz pechida pishirib olamiz. Sovigan biskvitni 2-3 bo‘lakka bo‘lib qiyomga bo‘ktiriladi.

Kremiga: 200 gr xona haroratida yumshagan sariyog‘ va 0,5 banka quyultirilgan sutni 10 daqiqa davomida (qumoq-qumoq bo‘lib qolmasligi kerak) bir tekis ko‘pirtiriladi.

Mevali-yong‘oqli masalliq tayyorlash:

50-70g quritilgan olxo‘ri, mayiz va yong‘oq maydalanadi. Olxo‘ri bilan mayizni bug‘da bir oz bug‘latib olinadi.

Biskvit bo‘laklariga kremni bir tekisda surib, ustidan quruq meva va yong‘oqlar joylashtiriladi. Tort usti va chetlariga krem surtiladi. Chetlariga kokos va ustiga shokolad qirindilari sepiladi. Soat millari va sonlari (rim raqamida) marmaladdan yasaladi.

“MOYCHYECHAK” SALATI

Salatlar xushta’m va chiroyli ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Shu bilan birga salomatligingizni mustahkamlaydigan, foydali bo‘lsa yanada yaxshi. “Moychechak” ana shunday salatlardan biri bo‘lib, U shubhasiz bayram dasturxoningizni bezaydi. Bayramdan tashqari boshqa kunlarda ham yaqinlaringizni ushbu salat bilan siylashingiz mumkin.

“Moychechak” salatini tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar:

baliq go‘shti — 300 gr.,

tuxum — 3-4 dona,

guruch — yarim piyola,

bodring — 2 dona,

sabzi — 3 dona,

bosh piyoz — 2 dona,

salat bargi — 1 bog‘,

mayonez — 3-4 osh qoshiq, ta’bga ko‘ra ko‘kat kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi:

Guruch va tuxumni suvda qaynatib pishirib olgach, sovutishga olib qo‘yasiz. Baliq, piyoz va bir dona sabzini ham qaynatib pishirasiz, soviganidan keyin esa sanchqi bilan ezib olasiz. Ikki dona sabzini qirg‘ichdan o‘tkazib, o‘simlik yog‘ida qovurib olasiz va sovutasiz. Somoncha shaklida to‘g‘ralgan bodring bilan mayda to‘g‘ralgan piyozga mayonez solib aralashtirasiz. Guruchga ham mayonez aralashtiriladi.

Yana o‘qing:  Temurdan olamshumul natijalar

Katta xajmdagi likopchaga salat barglarini bir tekis taxlanadi. Salat barglari ustiga mayonezli guruchni yoyib chiqasiz. Keyin baliq, piyoz, sabzi qavat-qavat qilib taxlanadi. Ozroq mayonez surib ustiga bodring taxlaysiz. Ustidan mayda to‘g‘ralgan ko‘katni qalin qilib sepilgach, so‘ngra moychechaklar bilan bezatasiz. Tuxum oqini bo‘lak-bo‘lak somoncha shaklida kesib moychechaklarning gulbargiga o‘xshatib taxlab chiqiladi. Tuxum sarig‘i moychechak gulining o‘rtasiga ezg‘ilab qo‘yiladi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: