Stetoskopning yangi avlodi

Polshalik olimlar bolasi astma (ziqqinafas) bilan og‘rigan yoki tez-tez shamollab turadigan ota-onalar uchun uy sharoitida ishlatish mumkin bo‘lgan kichik stetoskop yaratdi va unga “StethoMe” deb nom berdilar.

Ushbu qurilmaga mobil telefon ilovasi o‘rnatilgan. Uning ekranidagi yo‘riqnomaga qarab, ota-ona bolasi tanasining qaysi qismiga stetoskop qo‘yish kerakligini bilib oladi. Qurilma yordamida yurak urishi ritmi aniqlanishi, tana haroratini o‘lchash, nafas olishini(nafas olgandagi “xir-xir” ovozni) yozib olishi mumkin.

Shundan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar “sun’iy aql” yordamida tahlil qilinadi. Buning uchun albatta, bemorga tegishli bo‘lgan kasallik bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar bazaga kiritilgan bo‘ladi. Tahlil natijalari ekranga chiqadi, uni smartfonga o‘tkazish ham mumkin.

Adam Mitskevich universiteti (Adam Mickiewicz University) tadqiqotchilarining ta’kidlashlaricha, “StethoMe” bir necha shifoxonalarda sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun qurilmaning prototipini yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Yana o‘qing:  Ayollar, ko‘p choy ichmang!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: